3-mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.
Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.
Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bo‘lgan. Xonadonda yana ikki kishi hushsiz holda topilib, shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bir oiladan to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizildi. O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun ovqat qoldiqlaridan namunalar olindi.
Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.
Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va undan chiqqan is gazidan zaharlangan.
Uchko‘prik tumanida er-xotin qo‘lbola usulda yasalgan pechkadan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Qarshi shahrida 13 yoshli bola uyidagi gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ukalari esa zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qarshi tumanida 77 yoshli fuqaro kelini va nabirasi bilan yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular 3 kunlik yosh kelin-kuyov bo‘lgani va er o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Qarshi shahrida ijarada yashovchi qiz hammomda is gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etdi. Shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi. 17 yoshli qiz noyabrda is gazi sabab vafot etganlarning oltinchisi bo‘ldi.
Farg‘ona shahrida ikki nafar harbiy xizmatchi va 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshidan beri 40-baxtsiz hodisa. Mavsum davomida is gazidan jami 54 kishi vafot etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting